Yaponiya zilzila oqibatlarini bartaraf etishga $4,5 mlrd yo`naltiradi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Zilzila
Добавлено: 26.04.2016, 15:02

Yaponiya hukumati Yaponiya janubida aprelda yuz bergan bir nechta zilzila oqibatlarini bartaraf etishga 500 milliard ien (4,5 milliard dollar) qo`shimcha byudjet tayyorlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar beradi.

14 aprel kuni Kyusyu orolidagi Kumamato va Oita prefekturalarida 6,5 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Oradan ikki kun o`tgach zilzila magnitudasi Rixter shkalasi bo`yicha 7,3 tashkil qildi. Bugungi kunga qadar Kyusyu orolida 880 ta er osti silkinishlari sodir bo`ldi, 48 kishi halok bo`ldi, ikki kishining taqdiri noma`lumligicha qolmoqda.

Yaponiya hukumati vayronakor zilziladan so`nggi tiklash ishlari uchun 286,1 milliard ien (2,5 milliard dollar) talab etilishini ma`lum qilgandi. Bundan tashqari, yana 5 milliard ien (45 million dollar) qishloq xo`jaligini tiklashga sarflanadi. Ushbu ma`lumotlar 20 aprel holatiga ko`ra tuzib chiqilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии