Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Hilol Nasimov “O`zbekfilm” direktori etib tayinlandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Film

O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, postanovkachi-rejissyor Nasimov Hilol To`lqinovich “O`zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati direktori etib tayinlandi. Bu haqda “O`zbekkino” milliy agentligi rasmiy sayti xabar bermoqda.   

Hilol Nasimov “Aldangan ayol”, “Tubanlik”, “Odnoklassniki”, “Gumrohlar”, va “Ajal jodusi” kabi tarbiyaviy ahamiyatga molik filmlarni suratga olgan.

Eslatib o`tamiz, 2015 yilning 15 oktyabridan Komiljon Shamsiddinov “O`zbekfilm” direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo`lib ishlab kelayotgandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии