AQShda qalbaki doridan 12 kishi vafot etdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 27.04.2016, 10:47

AQShning Kaliforniya shtatidagi Sakramento shahrida 12 kishi og`riqni qoldiruvchi dori iste`molidan vafot etdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. Mart oyining oxirigacha mashhur Norco niqobi ostida sotilgan og`riqni qoldiruvchi dorilardan zaharlangan odamlar soni 52 taga etdi. Bu tabletkalar tarkibida kuchli afyunli analgetik fentanil moddasi bo`lgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, qalbaki dorilar San-Fransisko shahridan ham topilgan. Bu erda klinikada davolanayotgan 7 nafar bemor og`riq qoldirish uchun aynan shu dorini ichgan. Ular zaharlanganiga qaramay, bemorlarning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo`lingan.

Giyohvandlikka qarshi kurash boshqarmasi agenti Keysi Rettigning aytishicha, har ikki shaharda voqea bir paytda ro`y berganiga qaraganda, dori aynan bir joyda ishlab chiqarilgan. Amerikada fentanilning suiiste`mol qilinishi katta muammolardan biri bo`lib kelmoqda. Mamlakatning sharqiy qirg`oqlarida giyohvandlik savdosi bilan shug`ullanuvchilar giyohvandlik moddasini tejash maqsadida unga fentanil moddasini qo`shib sotishadi. Fentanil Xitoyda ishlab chiqariladi, keyin Meksikaga yuboriladi, u erdan chegara orqali Amerikaga etib keladi.

Fentanil – sintetik modda bo`lib, kuchli ta`sir qiluvchi giyohvand modda hisoblanadi. Undan tibbiyotda og`riq qoldiruvchi dori sifatida foydalaniladi. Dori bemorga tayinlanganda, vrach nazorati ostida qabul qilinadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27