Moskvalik o`quvchi qiz aviachiptasiz Sankt-Peterburgga uchdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 27.04.2016, 13:50

Moskvada 11 yoshli qizcha qarshiliksiz Vnukovo aeroporti xavfsizlik tizimidan o`tib, hech qanday hujjatsiz Sankt-Peterburg shahriga uchib borgan. Shu voqea munosabati bilan yaqin kunlarda nazorat tashkilotlari aeroportni tekshiruvdan o`tkazadi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Peterburgning Pulkovo aeroporti xodimlari hamkasblarining o`z ishlariga sovuqqonlik bilan qaraganligi tufayli ularni va “Rossiya” aviakompaniyasi xodimlarini  tekshirishni talab qilishdi. Qizcha aynan shu aviakompaniya samolyoti bortiga chiqqan.

Qizcha barcha nazorat punktlaridan qarshiliksiz o`tib kelgan, u xavfsizlik xizmati xodimlarini shubhalantirmagan. Bir guruh to`planib turgan olomon orasida bemalol samolyotgacha etib kelgan. Qizchani hech kim tekshiruvdan o`tkazmagan. Uning aytishicha, “Shunchaki Sankt-Peterburgni aylanib kelmoqchi” bo`lgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27