Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

I chorakda Rossiyada “Ravon Gentra” savdosi 7 foizga o`sdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Avto
Добавлено: 27.04.2016, 14:02

O`zbekiston avtomobillari Rossiyada doim xaridorgir. “Matiz”, “Neksiya” kabi mashinalarimiz bu erda bir necha bor yilning eng yaxshi avtomobili deb topilgan. 

Joriy yilning birinchi choragida ushbu mamlakatda yangi brend ostidagi “Ravon Gentra” savdosi 7 foiz o`sgan. 

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Rossiya Federasiyasiga rasmiy tashrifi chog`ida qayd etildi.

O`zbekistonda rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 900 dan ortiq qo`shma korxona faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda Rossiyaning 85 firma va kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan. O`zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil o`sib bormoqda. Joriy yilning birinchi choragida bu boradagi ko`rsatkich 7,9 foiz oshgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25