Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

“Atletiko” – “Barselona” uchrashuvini boshqarib borgan hakam o`z aybini tan oldi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol
Добавлено: 28.04.2016, 14:30

“Atletiko” va “Barselona” klublari o`rtasidagi Evropa Chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvini boshqarib borgan italiyalik hakam Nikola Rissoli o`yinning so`nggi daqiqalarida “Barselona” foydasiga penalti belgilamagani xato ekanini tan oldi

“Himoyachining oyog`i jarima maydonchasi tashqarisida turgani uchun ushbu vaziyatda ikkilandim. Agar futbolda texnologiyalardan foydalanish mumkin bo`lganida, bunday xatolik bo`lmasdi. Futbolda deyarli barchasi soniyalarda hal bo`ladi. 

Maxsus texnologiya bo`lsa, har bir futbolchining harakatiga aniq baho berish mumkin bo`lardi. 93-daqiqaga qadar o`yinni bexato boshqardik. Yagona xato ishimizga bo`lgan bahoni pasaytirdi”, – deydi Rissoli.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA