Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

O`zbekistonda ishdan bo`shatilishga sabab bo`ladigan holatlar sanab o`tildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston

O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga 2016 yilning 25 aprel kuni “O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish to`g`risida”gi Qonun kuchga kirdi

Unda ishga olinmaslikka sabab bo`ladigan holatlar ko`rsatib o`tilgan: agar ishga kirmoqchi bo`lgan shaxsning pasport amal qilish muddati o`tib ketib, haqiqiy deb hisoblanmasa, doimiy, vaqtinchalik propiskaga ega bo`lmasa yoki yashash joyi bo`yicha ro`yxatga qo`yilmagan bo`lsa ishga olinmaydi.  

Yuqoridagi holatlarni hisobga olmagan ish beruvchi ma`muriy javobgarlik kodeksida ko`rsatilgan moddaga asosan javobgarlikka tortilib, eng kam oylik ish haqining 10 dan 15 barobarigacha jarimaga tortiladi.

Agar yil davomida ish beruvchi takroriy ravishda qonun buzilishiga yo`l qo`ysa, eng kam oylik ish haqining 20 barobarida jarima to`laydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии