Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Oq uy xavfsizlik maqsadida qurshab olindi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Ikki kundan beri Obamaning qarorgohida yuqori darajada xavfsizlik choralari ko`rilmoqda.

Oq uyning kirish va chiqish eshiklarini AQShning hukumat vakillarini qo`riqlovchi maxfiy xizmati xodimlari berkitib qo`ydi. Ikki kundirki, prezident qarorgohida yuqori darajadagi xavfsizlik choralari ko`rilmoqda. Bunga xavfsizlik qonun-qoidalarining buzilganligi asosiy sabab bo`ldi, deb xabar berdi “Segodnya.ua” nashri. 

2016 yilning 27 aprel kuni Oq uy batamom yopildi.

Bunga qarorgoh devoridan oshib tushgan qonunbuzar sabab bo`lgan. U devordan sakraganda qo`li lat egan. Qonunbuzarni Oq uy qo`riqchilari tibbiy yordam ko`rsatish uchun gospitalga yuborishgan.

2015 yilning avgust oyida Oq uy hududiga noma`lum ayol kirib qolganligi sababli, o`tkir tishli to`siqlar o`rnatilgan edi. Yiliga bir necha marta Oq uy hududiga noqonuniy kirishlar qayd etiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии