AQShda televideniega bostirib kirgan jinoyatchi qo`lga olindi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 29.04.2016, 10:14

AQShning Baltimor shtatidagi Fox mediaxoldingiga qarashli  WBFF-TV telekanali studiyasiga noma`lum erkak bostirib kirib, efirda hukumatga qarshi fitna uyushtirilganligi haqida xabar berishni talab qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Voqea 28 aprel, payshanba kuni kunduzi ro`y berdi. Studiyaga bostirib kirgan erkak pandaning kostyumini kiyib, jarrohlik niqobini va ko`zoynak taqib olgan. Fox45 News direktori Mayk Tomning ma`lumot berishicha, erkak o`zida olamshumul ma`lumotlar to`plangan fleshka borligini aytgan. Studiyadagilar undan fleshkani tashlab ketishni iltimos qilishgan. Ammo ularning iltimosidan g`azablangan erkak studiyani portlatib yuborish bilan qo`rqitgan.

Voqea joyiga polisiya etib kelgan, studiya xodimlari binodan evakuasiya qilinib, ko`chada avtomobil harakati to`xtatilgan. Oradan ko`p o`tmay, erkak qurolsizlantirilgan. Guvohlarning ma`lumot berishicha, uch marta o`q ovozi eshitilgan. Erkak ko`chada yiqilib yotgan. Taxminlarga ko`ra, jinoyatchi voqea joyida otib o`ldirilmagan. Portlovchi moddalarni qidirib topish maqsadida studiyada tekshiruv o`tkazilgan. Jinoyatchi studiyaga kirishdan oldin avtomobilini yoqib yuborgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27