Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Jamila G`ofurova: “Ilk marta dastxat berganimda kulguga qolganman”

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Aktrisa
Добавлено: 29.04.2016, 14:41

Aktrisa Jamila G`ofurova muxlislariga ilk marta dastxat bergan davrlarni yodga oldi. 

“Ilk dastxat... haqiqatdan ham ajoyib va hayajonli damlar. Lekin bilasizmi, birinchi marta dastxat berishim antiqa kechgan. Chunki u paytlar meni hech kim tanimasdi. Ilk bor 17 yoshimda “Dilhiroj” filmida suratga tushyapmiz. O`shanda Sevinch Mo`minovaning dugonasi obrazini ijro etganman.

Suratga olish maydonchasida tursak, bir guruh yoshlar kelib,birma-bir dastxat ola boshlashdi. Yonimda Sevinch bor edi, hamma uni taniydi va qo`shiqlarini eshitgan, uning muxlisi ko`p. Biroq, yigit-qizlar kelib, mendan ham dastxat ola boshlashdi. Shunda men hayajonlanganman, ilk dastxatimni bir qizga berganman. Lekin eng qizig`i—o`shanda dastxat yozayotgan paytda chiroyli tilak yozib,qo`l qo`yish kerak bo`lgan ekan. Men bo`lsam, ism-familiyamni yozib, qo`l qo`yib beravergan ekanman. Keyin esa buni eshitganlar anchagacha kulib yurishdi.

‘Kino chiqmasidan mashhur bo`lib ketdingiz-ku’,deb uzoq vaqt eslab yurishdi”,—deya hikoya qiladi aktrisa “Sabo gazetasiga bergan intervyusida.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25