Erkaklar qanday ayollarga uylanishni afzal ko`rishadi?

Бўлимлар: Lady
Теглар: Ayol, Erkak
Добавлено: 29.04.2016, 16:08

Ideal ayolga xos 6 fazilat

Baxtli oila bekasi bo`lish uchun qizlar onalarining, buvilarining maslahatiga amal qilib, ro`zg`or ishlarini, ovqat pishirishni o`rganadi. Ammo yigitlarning qalbini zabt etish uchun bu narsalar kamlik qiladi. Ularni bo`ydoqlik safidan o`chirish uchun qanday ijobiy fazilatlarga ega bo`lish kerakligini “Elle.ru” nashri siz bilan o`rtoqlashadi.

1. Har qanday sharoitda ham baxtli bo`lish qo`lidan keladi

Bunday ayol har qanday sharoitda ham, taqdirning ming bir sinoviga bardosh bera oladi, baxtsizlikdan baxt topa oladi. U hech qachon ob-havodan, ro`zg`or tashvishlaridan shikoyat qilmaydi, tashvishga tushmaydi. O`zini xotirjam tutadi. Optimistik kayfiyatini yo`qotmaydi. Baxtli bo`lish ham haqiqiy iste`dodni talab qiladi. Bunday qizlar yigitlarni o`zlariga ohanraboday tortadi. Uning yonida bo`lgan har qanday yigit o`zini baxtli his qiladi.

2. Qadrini biladi

Dugonalaridan, qiziqishlaridan voz kechib, butun borlig`ini sevimli insoniga bag`ishlagan qiz tezda sevgan yigitining joniga tegadi. Bu narsa avvaliga yigitni quvontirgan bo`lsa, bora-bora zeriktira boshlaydi. Qiziqishlari, maqsadi bo`lmagan qizdan tezda ko`ngli soviydi.

3. Uni hurmat qiladi

Esli-hushli qiz odamlarning oldida sevgan yigitini erga urib, haqorat qilmaydi. Dugonalariga, onasiga uni yomonlamaydi. Agar u shunchalik yomon odam ekan, shunday yigitga turmushga chiqish shartmi? Uni hurmat qilgan insonni u ham hurmat qiladi.

4. Ilhomlantiradi

Olimlarning tadqiqot jarayonida aniqlashlaricha, erkak kishini tarbiyalab, o`zgartirishga harakat qilgan ayol emas, balki uni yaxshi tomonga o`zgarishga ilhomlantirgan ayolgina ideal ayol bo`la oladi. Bu erda “tarbiyalash” so`zini “ilhomlantirish” so`ziga almashtirish lozim. 

5. Oqilona yo`l tutadi

Aqlli ayollar ikki turga bo`linadi. Birinchi toifadagi ayollar o`zining haqligini dalillar bilan isbotlaydi. Bunday ayolning oldida erkak kishi o`zini ojiz va axmoq deb his qiladi. Ikkinchi toifadagilar esa erkak kishi bilan bahslashganda ustalik bilan janjaldan qochib, yumshoqlik bilan o`z fikrlariga ishontiradi. Bunday holatda erkaklar qaysi toifadagi ayollarni tanlashini o`zingiz tushunavering.

6. Sadoqatli bo`ladi

Gap oila qurish haqida ketar ekan, bu erda vafo-sadoqatning roli katta bo`ladi. Ro`zg`or tashvishlari har qanday his-tuyg`uni emirib yuboradi. Oilani saqlab qolish insondan sabr-toqatni, kechirishni, ishonchni talab qiladi. Oilada janjalli vaziyatlar yuzaga kelganda sadoqat sinovdan o`tadi. Har qanday vaziyatda o`zini og`ir-bosiq tutgan qiz yigitlarning hurmatiga sazovor bo`ladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии