OAV: Xillari Klinton saylovda g`alaba qozonsa, uchinchi jahon urushi boshlanadi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 29.04.2016, 17:39

Mabodo Xillari Klinton AQSh prezidentligiga saylanadigan bo`lsa, bu uchinchi jahon urushi boshlanishiga sabab bo`ladi, dedi uning tarjimai holini yozayotgan muallif Diana Jonstoun.

Jonstounning ma`lumot berishicha, Xillari Klinton AQSh bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritayotgan vaqtida ham tashqi siyosatni tajovuzkorona holda yuritgan, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri . 

U AQShning Iroqqa bostirib kirishini, Liviyadagi urushni, endi esa Suriya prezidenti Bashar Asadga nisbatan qarshiliklarni, Rossiyaga qarshi bo`lgan siyosiy qarashlarni qo`llab-quvvatlaydi. Jonstounning fikricha, dunyo bunday “faol faoliyat”dan xavfsirashi lozim.

Xillari Klintonning saylovoldi va`dalari ham odamni xavotirga soladi. Sobiq bosh kotib dunyoni ikkiga “do`stlar” va “dushmanlar”ga bo`lishga, NATO faoliyatini kuchaytirishga qaratishni maqsad qilgan. Bunday nuqtai nazar uchinchi jahon urushi boshlanishiga sabab bo`lishi mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии