Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Saudiyada teraktning oldi olindi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Terakt, Terror
Добавлено: 30.04.2016, 10:40

Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlari juma kuni terakt uyuushtirishni rejalashtirayotganlikda gumonlanayotgan ikki shaxsni o`ldirib, teraktning oldini olishdi. Bu haqda Frans Press agentligi mamlakat IIVga tayanib, xabar bermoqda.

Xavfsizlik kuchlar Asir okrugida aylanib yurgan ikki avtomobilni kuzatishdi. IIV xabar qilishlaricha, mashinalardan birida portlovchi moslama bo`lgan. Ularni kuzatishayotganini payqagan avtomobil haydovchilari huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarata o`q uzgan, shundan so`ng quvg`in boshlangan. Voqea joyiha xavsizlik kuchlariga qarashli vertolyot jalb etildi. Bir muddat o`tgach, g`arazgo`ylar mashinadan chiqib qochishdi, mashina esa portlab ketdi.

Taslim bo`lishni istamagan ikki nafar gumonlanuvchilar otishma davomida otib o`ldirildi. Tahmin qilinayotgan terrorchilarning shaxsi aniqlanmadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA