Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Tojikistonda ruscha qo`shimchalar bilan tugallanadigan familiyalar taqiqlanganligi inkor etildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 30.04.2016, 12:08

Tojikiston respublikasi adliya vazirligiga qarashli fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boshqarmasi boshlig`i muovini Jaloliddin Rahimov OAVlarda e`lon qilingan Tojikiston respublikasida ruscha qo`shimchalar bilan tugagan familiyalarning taqiqlanganligi haqidagi xabarni rad etdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Uning ma`lumot berishicha, Tojikiston Respublikasi “Davlat fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish” haqidagi Qonunning 20-moddasi 3-bandi (Shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan joy) da “yangi tug`ilgan bolaga otaning yoki onaning, otasining ismi ham familiya qilib berilishi mumkin, ya`ni ota-onaning familiyasi “ov” va “ev” qo`shimchalari bilan tugaydigan bo`lsa, bu familiyani farzandiga berishga haqli”, deb ko`rsatilgan.

Jaloliddin Rahimov ruscha qo`shimchalar bilan tugaydigan familiyalar taqiqlanmaganligini, hozircha yo`l-yo`riq ko`rsatilgan tavsiyalar berilayotgani, bolaga ism qo`yayotganda tojik madaniy millatiga xos bo`lmagan, buyumlar, hayvonlar, qushlar, insonlarni toifaga bo`luvchi, shaxsiyatga teguvchi haqoratli so`zlardan iborat ism qo`yishgina taqiqlanganligi haqida aytib o`tdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

Savol-javob