Sevimli

Bosh prokuratura xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Sababi...

Jinoyat 06.12.2021, 17:46
Bosh prokuratura xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Sababi...

O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda aniqlanishicha, A.T. Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori lavozimida ishlagan paytida, 2020 yil oktyabr oylarida o`ziga tanish bo`lgan qurilish korxonasi rahbari D.A.ni Olmaliq shahridagi 11-sonli yotoqxonani rekonstruksiya qilish bo`yicha qonuniy o`tkazilgan tenderda qurilish korxonasi go`yoki uning yordami bilan g`olib chiqqanligiga ishontirgan va moddiy rag`bat talab qilib kelgan.

Shundan so`ng, hozirda Bosh prokuraturada boshqarma boshlig`i o`rinbosari lavozimida ishlayotgan va joriy yil 22 noyabrdan mehnat ta`tilida bo`lgan A.T. joriy yil 5 dekabr kuni soat 22 larda Mirobod tumanida joylashgan "Mustafo" restoranida D.A.dan go`yoki tenderda yutishiga yordam qilganligi uchun 29 ming AQSh dollarini olganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Gumonlanuvchi prosessual tartibida ushlandi.

Шарҳлар