OAV: Shimoliy Koreyada to`y va dafn marosimlarini o`tkazish vaqtincha taqiqlandi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 02.05.2016, 13:19

Shimoliy Koreyada hukumat Mehnat partiyasi s`ezdi oldidan to`y va dafn marosimlarini o`tkazish taqiqlandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. Mazkur taqiq xavfsizlikni ta`minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. 

6 mayda o`tkaziladigan s`ezd 36 yildan beri ilk marotaba o`tkazilmoqda. Partiya nizomiga ko`ra, mazkur s`ezdda Markaziy qo`mita va markaziy reivziya komissiyasi ishi tahlil qilinadi. Ularga oid nizom qabul qilinadi, tahrir qilinadi va shuningdek, partiya oldidagi asosiy masalalar bo`yicha qaror qabul qiladi. 

Bundan tashqari, ayni paytda KXDRda nazorat kuchaytirilgan, mamlakat poytaxti Pxenyan shahriga kirish ham cheklangan, shuningdek mamlakatning Xitoy bilan chegarasida xushyorlik kuchaytirilgan. Odam ko`p to`planishining oldini olish uchun fuqarolarga ommaviy tadbirlarni, hatto to`y va dafn marosimlarini o`tkazmaslik tavsiya etilmoqda.

Nashrning ma`lum qilishicha, o`tkazilishi kutilayotgan s`ezd mamlakatda Kim Chen Ir hukmronligini kuchaytirish maqsadida o`tkazilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии