Andijonlik talabalar elektromobil yaratdi(Foto)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 02.05.2016, 14:44

Andijon mashinasozlik instituti talabalari “Qaldirg`och” deb nomlangan elektromobil tayyorladi. Elektr quvvatida harakatlanuvchi ulovning surati Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida e`lon qilingan, deb yozadi “Daryo”. 

Foydalanuvchilar mazkur elektromobilga turlicha munosabat bildirgan. Ba`zilar: “Biznikilar velosipedni qaytadan ixtiro qilishni yaxshi ko`radi”, — desa, boshqalar, tanqidiy fikrlarga javoban: “Biznikilar faqat tanqid qilishni yoqtiradi”, — qabilida fikrlar bildirgan.

Aksariyat foydalanuvchilar talabalarning mazkur ishlanmasini olqishlagan, bu yo`nalishdagi ishlarni davom ettirish, ilg`or va tashabbuskor talabalarni esa rag`batlantirish zarurligi haqida fikrlar bildirilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08