Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Bolaning o`z imkoniyatlari to`g`risidagi fikri uning ota-onasiga bog`liq

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Bola
Добавлено: 03.05.2016, 11:25

Stenford universiteti olimlari ota-onaning omadsizliklarga nisbatan munosabati bolaning o`z aqliy imkoniyatlari haqidagi xulosalariga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qiladi.

Olimlarning ta`kidlashicha, bola uchun ota-ona va o`qituvchining uning omadsizliklariga nisbatan fikrlari juda muhim. Sababi aynan mana shu narsa ularning aqliy qobiliyatlarini oshirish mumkin yoki yo`qligi haqidagi fikrini shakllantiradi.

Bolalar ota-onalarining reaksiyalariga chuda qattiq e`tibor berishadi. Shu sababli olimlar bolalarning kichik omadsizliklariga tushunish bilan qarashni va ularni to`g`ri yo`naltira bilishni tavsiya etishadi.

Aytaylik, bola uyga yomon baho olib keldi va bundan ota-onasining havotirga tushganini ko`rdi, endi u aqliy qobiliyatni yaxshilashning imkoniyati yo`q deb hisoblaydi.

Agar aksincha, ota-ona farzandining yomon bahosidan havotirga tushmay, bu vaziyatda chiqish yo`llarini qidirayotganliklarini ko`rsa, bola aqliy qobiliyatni rivojlantirish imkoni bor degan xulosaga keladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

SUG'DIYONA