O`zbekiston termasi FIFA reytingida o`z o`rnidan siljimadi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: O`zbekiston
Добавлено: 05.05.2016, 15:32

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e`lon qildi. Mart oyida 66-pog`onadan joy olgan O`zbekiston termasi o`z o`rnini saqlab qoldi. 

Milliy terma jamoamiz 59 ochko bilan 66-o`rinda qoldi. Osiyo mamlakatlari orasida O`zbekiston termasi Eron, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistonidan keyin oltinchi o`rinda bormoqda.  

Reytingning kuchli o`ntaligida ham o`zgarish yo`q. Argentina hamon peshqadam, Belgiya va Chili kuchli uchlikdan joy olgan. Keyingi pog`onalar, ya`ni, 4 dan 10 o`rinlargacha Kolumbiya, Germaniya, Ispaniya, Braziliya, Portugaliya, Urugvay, Angliya terma jamoalari egallab turibdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии