Suratda nima uchun o`zimizga boshqacha ko`rinamiz?

Бўлимлар: Lady
Теглар: Ayol
Добавлено: 06.05.2016, 17:02

Har birimiz biror kechada tushgan suratimizni tomosha qila turib, “Nahotki men shunchalik xunuk bo`lsam?”, deb hayron bo`lamiz. Bu qanchalik achinarli bo`lmasin, ammo yoqimsiz holat. Ammo bu favqulodda hodisa ilmiy tomondan asoslandi, deb xabar berdi “Lady.ru” nashri.

Ko`zgudagi chehramiz aksi har birimizga yaxshi tanish. Muammo shundaki, biz aksimizni “oyog`ini osmondan qilib”, teskari ko`ramiz. Hozir so`z yuritalayotgan psixologik effekt “ko`rgan narsamizga bog`lanish” deb ataldi. Bu atamani fanga psixolog Robert Zayons kiritgan. Favqulodda hodisa shunday izohlanadi, inson ko`ziga tez-tez tashlanib turadigan narsani beiixtiyor yaxshi ko`rib qoladi. Ko`zguda aksimizni har kuni ko`rganimiz bois, u bizga ko`proq yoqadi. Biroq ideal simmetrik yuzlar hech kimda mavjud emas. Shuning uchun yuzimizning chap va o`ng tomonlari suratda o`rin almashib qolsa, bu bizga yoqmaydi. 

Suratingizni ko`zgugiga tutib ko`rsangiz, haqiqiy aksingiz namoyon bo`ladi. Bu haqiqatni tan olishni istamasligingiz mumkin, ammo sizda suratingizni ko`zguga tutib ko`rish imkoniyati mavjud. Marhamat, sinab ko`ring, shunda ko`zguning yolg`onchiligini bilib olasiz!

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии