Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

“Abadiy polk” aksiyasida bir millionga yaqin odam qatnashdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Rossiya

9 may kuni soat 12:00 da butun Rossiya bo`ylab o`tkazilgan “Abadiy polk” aksiyasida bir millionga yaqin odam qatnashdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Bu vaqtda mamlakatning 41 joyida tadbir o`tkazib bo`lingan edi. Tashkiliy qo`mitaning bergan ma`lumotiga ko`ra, “Abadiy polk” aksiyasiga Novosibirskda 250 ming, Ekaterinburgda 50 ming, Irkutskda 47 ming, Omsk, Tomsk va Samarada 30 ming kishi ishtirok etdi.   

Tashkilotchilarning aytishicha, aksiyada bu yil o`tgan yilgiga nisbatan ko`p odam qatnashgan. Tyumenda o`tgan yili 5 ming odam qatnashgan bo`lsa, bu yil 45 ming kishi chiqqan, Belgorodda 25 ming kishi tadbirda qatnashgan bo`lsa, Simferopolda 20 ming kishi ishtirok etgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии