Yaponiyada yuzlab odamlar issiqdan kasalxonaga yotqizildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 10.05.2016, 10:42

Yaponiyada FVV va tez yordam vazifasini o`tovchi yong`in boshqarmasining ma`lumot berishicha, mamlakatda havoning issiq kelishi oqibatida oxirgi ikki hafta mobaynida 569 nafar odam issiq urishi oqibatida kasalxonaga yotqizilgan, bir kishi vafot etgan, deb xabar berdi “Tass.ru” nashri.

Boshqarma bergan ma`lumotga ko`ra, jabrlanganlarning 40 foizi keksalardir.

Aprel oyining ohiri may oyining boshlarida Yaponiyada havo juda isib ketgan. Termometr simob ustunlari Selsiy bo`yicha 30 daraja issiq haroratni ko`rsatgan. Yapon meterologlari Tinch okeandagi El-Nino va La-Ninyadagi iqlim o`zgarishlar tufayli yoz judayam issiq kelishini bashorat qilishmoqda.

O`tgan yili Yaponiyada issiqdan 100 kishi vafot etgan, 53 ming nafar odam kasalxonaga yotqizilgan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08