Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Qashqadaryoda qoramol o`g`rilari ushlandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani IIBga noma`lum shaxs "Ko`ktosh barakasi" MChJga qarashli hayvon bozori hududida Chiroqchi mahallasida yashovchi fuqaroning ikki bosh qoramollarini o`g`irlab ketganligi haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo`lgan kishilar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxsning alohida belgilari aniqlandi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi 54 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlandi. 

G`araz niyatli shaxs qo`lga olindi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Hozirda uning boshqa mulkiy jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии