Viktoriya Bekxem baland poshna tuflidan voz kechganini bildirdi

Бўлимлар: Lady
Теглар:
Добавлено: 10.05.2016, 12:29

Buyuk Britaniyada nashr etiladigan Telegraph gazetasining ma`lumot berishicha, hatto homiladorlik paytlari ham baland poshna tufli kiyib yurgan Viktori Bekxem yaqindan boshlab, bu odatidan voz kechganini bildirgan, deb xabar berdi “Lady.ru” nashri.

“Men baland poshna tufli kiya olmayapman, ayniqsa ishlayotgan paytlarim u menga noqulaylik tug`diradi. Ko`p sayohatlarga chiqqanligim tufayli kiyimlar oddiy va qulay bo`lishi lozimligini tushundim”, deydi Viktoriya.

Mashhur dizayner o`zining 2016 yilning kuzi va qishi uchun mo`ljallagan yangi kolleksiyasini aynan shu usuldagi kiyimlar bilan boyitdi. Uning fikricha, har bir ayolning garderobida ish uchun alohida, turli oqshomlar uchun alohida mo`ljallangan kiyimlar bo`lishi lozim.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии