Toshkentda aprel oyida kvartiralar narxi tushdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Toshkent
Добавлено: 10.05.2016, 12:34

Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida takliflarning o`rtacha bahosi martga nisbatan 2% — 1 kvadrat metr uchun 633 dan 623 shartli birlikkacha pasaydi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Panel tipidagi uylarda kvadrat metr narxi martdagi 600 o`rniga 590 shartli birlik, g`ishtli uylarda esa 663 o`rniga 677 shartli birlikni tashkil etdi. Xonalar sonidan kelib chiqib, takliflar bahosi quyidagicha bo`lgan: bir xonali kvartiralar — 625 shartli birlik (-1%), ikki xonali — 614 (-1%), uch xonali — 625 (-1%), to`rt xonali — 651(-1%) va ko`p xonali kvartiralar — 615 (-4%) shartli birlik.

Aprelda takliflarning o`rtacha bahosi pasayishi poytaxtning 11 tumanidan 9 tumanida kuzatilgan. Chilonzor va Uchtepa tumanlarida narxlar biroz ko`tarilgani (+1%) qayd etilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии