Nabirasi tomonidan uyga qamab ketilgan 91 yoshli kampir ochlikdan vafot etdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 10.05.2016, 17:19

Rossiyaning Leningrad viloyatida joylashgan Volxov shahrida 91 yoshli, Ikkinchi jahon urushi faxriysi Klavdiya Malashkina 6 may kuni nabirasi tomonidan uyga qamab ketilgan. 3 kun mobaynida ovqatsiz, suvsiz qolgan kampir yurak xurujidan vafot etgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Klavdiya Malashkina 9 may, G`alaba kunida reanimasiyada vafot etgan. Taxminlarga ko`ra, uning o`limiga yurak etishmovchiligi sabab bo`lgan. Eshik ortidan kelayotgan ingrash qo`shnilarni hushyorlikka chorlagan. 6 may kuni FVV xodimlari eshikni buzib ochganda, erda yotgan kampirni topishgan.

Ijtimoiy xizmat xodimlari urush faxriysi bilan shug`ullanmagan, ular bunga kampirning ariza yozmaganligini vaj qilib ko`rsatishgan. Qo`shnilarning aytishicha, kampirning 40 yoshli nabirasi muntazam ravishda spirtli ichimlik iste`mol qilib kelgan, u tez-tez kampirning ustidan qulflab, uzoq muddatga yo`qolib ketgan. Polisiya unga nisbatan qidiruv e`lon qilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии