Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Misr piramidalarida 7 ming dollar to`lab xususiy bayramlarni o`tkazishga ruxsat berildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Misr qadimiy yodgorliklar ishi bilan shug`ullanuvchi va madaniy meros vazirligi piramidalarida sutkaning qorong`i vaqtida xususiy bayramlarni o`tkazishga ruxsat berdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Bitta kecha o`tkazish uchun 60 ming Misr funti (7 ming dollar) kerak bo`ladi. 

Mamlakat hukumati turoperatorlarning bu tashabbusini qo`llab-quvvatlab, muzeylarni kechqurun ochishga ham ruxsat berdi. Masalan, Qohira muzeyi yakshanba va payshanba kunlari soat 17.30 dan 21.00 gacha ishlaydi.  

Kechki muzeylarga sayr chet ellik sayyohlar uchun 120 Misr funti (13,5 dollar) ga tengdir. Bu miqdor kunduzgi tashrifdan ko`ra qimmatroq, ammo mashhur ko`rgazma majmuasiga tashrif buyurishni xohlovchilarning muzeyga istagan paytida kirishiga yordam beradi.  

Hukumat bunday chora-tadbirlar Misr sayyohlik sohasining rivojlanishiga katta hissa qo`shishiga umid qilmoqda. Misrda o`tgan yilga qaraganda sayyohlikdan tushgan daromad uch barobar kamayib ketgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram