Facebook’da TATU ustidan shikoyat qilgan Janubiy Koreyada tahsil olayotgan talabaga universitet rektori javob berdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Facebook
Добавлено: 11.05.2016, 12:33

Toshkent axborot texnologiyalar universiteti sobiq talabasi Facebook’dagi Maslahat.uz guruhi a`zolari bo`lgan yurist, ta`lim muassasalarida ma`muriyatda ishlaydigan yoki chet elda o`qigan sobiq talabalardan maslahat so`rab murojaat qildi.

Talaba chet elda ta`lim olayotgan talabaga qo`yilayotgan to`siqlardan shikoyat qilgan. Murojaatda shunday deb yoziladi:

“Men Jumabek Alixanov hozirda Magistraturada o`qiyman. Ayni paytda maqsadim O`zbekistonga Professor bo`lib qaytish va Axborot xavsizligini ta`minlashda qo`limdan kelganicha xizmat qilish. Lekin hozirda meni ta`lim olishimga to`sqinlik qilayotgan muammo bor. Bu men tahsil olgan Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (TATU) bilan meni o`rtamizda imzolangan shartnoma.

Avvalambor diplomimni bermasdan magistrga o`qishga topshirishirishimga to`sqinlik qilishdi. Diplomni vaqtincha olish maqsadida shartnoma imzoladim. Lekin TATU shartnomadagi shartlarni bajarmadi. Endi esa yangi rektor mendan shartnomani talablarini bajarishimni so`rayapti.

Men 2014 yili, TATUda bakalvrlik darajasini olib, Janubiy Koreyadagi Inha universitetiga Magistraturaga mustaqil ravishda o`qishga kirdim. 

Inha Universiteti nizomiga ko`ra, o`qishga qabul qilingan talaba diplom va ilova nusxalariga apostil qo`ydirib Universitetga jo`natishi kerak edi.

Shu bois, grant asosida o`qigan talabalarga diplom ko`chirmasini berayotgan Lola opa ismli hodimdan fuqarolik passportimni garovga qo`yish orqali diplomimni asl nusxasini 2 haftada qaytarib berish sharti bilan so`radim.

Avvaliga Lola opa buning uchun Ilmiy ishlar bo`yicha Prorektor Teshaboev dan shu haqda arizaga imzo olib kelishimni so`radi. Arizaga imzo qo`ydirib olib borganimda u quyidagi gapni aytdi: "Rektorni yangi qarori chiqdi, endi agar talaba grant asosida o`qigan bulsa, faqat Shartnoma tuzganlargagina diplom beriladi". Shundan so`ng xalqaro bo`lim boshlig`i Sobir aka orqali quyidagi rasmda ko`rsatilgan shartnomani imzoladim.

Gap shundaki, shartnomada ko`rsatilgan majburiyatlarni TATU bajarmadi. Sababi birinchidan, meni Inhadagi o`qishga TATU yuborgan emas, balki, mustaqil ravishda o`zim borganman, ikkinchidan, shartnomada TATU grant topib berishi kerak deb aytilgan, lekin grantni men o`zim mustaqil topib yutganman.

Ayrim dalillar sifatida quyidagilarni keltirishim mumkin: birinchidan, Inha Universitetiga o`qishga qabul qilinishimda TATU men uchun hech qanday tavsiyanoma bermagan, hattoki Inhaga men haqimda birorta e-mfil ham jo`natilmagan. Bundan tashqari shartnoma magistraturaga o`qishga kirganimdan so`ng 1 oy 19 kun o`tib imzolangan. 

2014/6/27 - Inha ga o`qishga qabul qilindim 

2014/6/27 - JongSeok grantini yutdim

2014/8/15 - Shartnoma imzolangan sana

Shartnomada ko`rsatilgan majburiyatlarini bajarmaganiga qaramasdan hozirda TATU mendan shartnomadagi ikkinchi tomoni bajaradigan shartlarni talab qilayapti.

Xullas maslahat bering men qaysi tashkilotga murojaat qilishim, yoki qanday chora ko`rishim kerak?”

Talabaning mazkur murojaatiga Toshkent Islom universiteti hamda TATU rektorining shaxsan o`zi ham javob qaytargan.

Toshkent Islom universiteti prorektori mazkur murojaatga javoban Boshqa davlat grantida o`qigan, lekin chet elga ketmagan talabalarning bu shartnomani tuzishiga ehtiyoj yo`qligini, ular o`qishni bitirib, bironta davlat tashkilotida ishlab berishini va davlat oldida o`z majburiyatlarini shu bilan bajargan hisoblanishini aytib o`tgan. Jumabek Alixanov esa davlat hisobidan tahsil olgani va ishlab berishni kechiktirgani uchun u bilan alohida shartnoma tuzilganini aytib o`tgan.

Toshkent axborot texnologiyalari rektori O`tkir Hamdamov quyidagi javobni berdi: 

“Universitet nima qilayotgan bo`lsa respublikamiz ravnaqi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida amalga oshirmoqda. Siz imzolagan shartnoma orqali sizga ish bermoqchimiz, ishlashingiz uchun sharoit yaratmoqchimiz. Istasangiz boshqa davlat tashkilotida ishlashingiz mumkin, lekin hali TATU o`zining xulosasini aytmasidan turib o`zingiz xulosa chiqarishingiz noto`g`ri.

Biz ham o`qishingizni qo`llab-quvvatlaymiz, kerak bo`lsa tavsiya ham berishimiz mumkin. Lekin magistrni tamomlagandan so`ng PhD (Doctor of Phylosophy) o`qimasdan ishlab ketadigan bo`lsangiz sizni chaqirib olishga to`g`ri kelishi mumkin.”

“Hurmatli rektor, O`tkir Hamdamov. Shoshqaloqlik qilgan bo`lsam uzr so`rayman. Gap shundaki, men hali magistrlik o`qishimni tamomlamasdan turib, qachon TATUga ishlab berasan deb so`raldi. Buni siz o`qigan e-mail’da ham keltirgandim. Bu esa meni butun fikrimni o`qish va izlanishga qaratishdan to`xtatdi. Men nima qilayotgan bo`lsam respublikamiz ravnaqiga qo`limdan kelganicha hissa qo`shish uchun qilayapman. Maqsadim, jaxon standartidagi kadr bo`lib etishish va O`zbekistonni Axborot Texnologiyalari sohalarini jahon standartiga olib chiqish. Shu sabab men nafaqat magistr balki, PhD ham o`qishni rejalashtirganman”, – deya javob yozib qoldirdi talaba.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии