Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

80 yoshli kampir “yoshartiruvchi” pardozdan keyin ijtimoiy tarmoqni hayratga soldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Ayol

Xorvatiyalik 80 yoshli Liviya Mulach nabirasi Tea Flagoning makiyaji bilan batamom boshqa ayolga aylandi

Teoning mohirlik bilan qilgan makiyaji uni boshqalarning ko`z o`ngida keskin yosharishiga olib keldi. Professional vizajistning “Instagram”ida 83 mingdan ziyod foydalanuvchilar mavjud, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Liviya Mulachni nabirasi tonal krem, pomada, tush va boshqa kosmetik vositalardan foydalangan holda grim qilishini videoga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagandan keyin kampir mashhurlikka erishdi. U oniy lahzalarda tanib bo`lmas darajada, tamoman boshqa ayolga aylandi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni erkalab, “zamonaviy buvi” atashdi va u tezda butun dunyoga mashhur bo`ldi. May oyining boshlarida Liviya Mulachni nabirasi bilan birga mashhur Good Morning America teleshousiga taklif etishdi. Kampir bir necha yillardan beri qariyalar uyida yashaydi. Nabirasining aytishicha, buvisi “Dunyoda xunuk ayolning o`zi yo`q, faqatgina dangasa ayollar bor, xolos” deyishdan charchamaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram