Ronaldu daromad topish bo`yicha Messidan o`zib ketdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Krishtianu Ronaldu
Добавлено: 12.05.2016, 14:48

Madridning “Real” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu ketma-ket uchinchi yil dunyoning eng ko`p daromad topgan futbolchisi bo`ldi. Bu haqda Forbes jurnali ma`lum qildi

2015 yil davomida portugaliyalik futbolchi qariyb 82 million dollar daromad oldi. Futbolchiga 53 million dollar “Real” bilan shartnomasidan, qolgan 29 million homiylik shartnomalaridan kelib tushgan. 

Ikkinchi o`rindan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi joy oldi. Uning yillik daromadi 77 mln dollarga teng. Kuchli uchlikka “PSJ” hujumchisi Zlatan Ibragimovich 37 mln dollar bilan yakun yasadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии