Olimlarning fikricha pul insonni baxtsiz qiladi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Boylik
Добавлено: 13.05.2016, 15:35

AQShning Minessota va Emori Universiteti olimlari pul haqiqatan ham insonni baxtsiz qiladi, degan xulosaga kelishdi, deb xabar berdi, “Dni24.com” nashri.

Mutaxassislarning fikricha, odam qancha ko`p pul topishga harakat qilsa, do`stlari, tanishlari bilan kam muloqotda bo`ladi, yolg`iz qolishni xohlaydi. Pul topishga mukkasidan ketgan odam yaqinlarining, do`stlarining muammolariga e`tibor bermaydi, deydi Garvard Universiteti olimlari.

Olimlar Emil Bianshi va Ketelin Voxslar amerikaliklardan oxirgi o`n yil davomida oqshomni qanday o`tkazganliklari haqida so`rovnoma o`tkazdi.

Mutaxassislar berilgan 30 ming javobni tahlil qilish mobaynida, ularning yoshiga, jinsiga, oilaviy ahvoliga, yashash joyiga va ish vaqtiga e`tibor berishdi. Bu ko`rsatkichlar shaxsning daromadini aniqlash uchun zarur bo`ldi.  

Olimlar tahlil natijasida moliyaviy ahvoli yaxshi bo`lgan Amerika fuqarosi, daromadi kam bo`lgan boshqa mamlakat fuqarosiga qaraganda, odamlar bilan kamroq muloqotda bo`lishini, yolg`izlikni xush ko`rishini aniqlandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27