Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Yolqin To`ychievning “Suv parilari uchun uy” filmi Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi deb tan olindi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Kino, Film

Qirg`izistonning Bishkek shahrida o`tkazilayotgan “Ak Ilbirs” kinofestivalida Yolqin To`ychievning “Suv parilari uchun uy” filmi ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun aktrisa Shahzoda Matchonova o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali “Suv parilari uchun uy” filmi Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi bo`lganini ma`lum qildi.

“ ‘Suv parilari uchun uy’ filmi Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi bo`ldi. Biz ‘Ak Ilbirs’ mukofotini qo`lga kiritdik. Bizni qo`llab-quvvatlaganlarga rahmat! Bu butun ijodiy jamoaning yutug`i”,—deb yozdi Shahzoda Matchonova.

Fursatdan foydalanib, biz ham tahririyatimiz nomidan film ijodkorlarini qo`lga kiritilgan nufuzli mukofot bilan tabriklaymiz!

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии