Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

“Barselona” Ispaniya chempioniga aylandi!

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 14.05.2016, 22:12

Ispaniya chempionati 38-turida "Barselona" safarda "Granada" mehmoni bo`ldi. Mazkur uchrashuvda kataloniyaliklar 3:0 hisobida yirik g`alabani qo`lga kiritib, Ispaniya chempioniga aylandi.

Kataloniyaliklar ketma-ket ikkinchi mavsum mamlakat chempioni bo`ldi. Shuningdek, ushbu chempionlik "Barselona" uchun tarixida 24-si sifatida qayd etildi. 

Mazkur turda “Real” 2:0 hisobida “Deportivo”ni mag`lub qilganiga qaramay, bu safar chempionlikni qo`lga kirita olmadi. 

Kataloniyaliklar mavsumni 91 ochko, madridliklar 90 ochko bilan tugatdi. 

Granada – Barselona — 0:3

Gollar: Suares (22, 38, 86)

Ogohlantirishlar: Dukure (54), Peres (62), Riko (65), Fernandes (74) –Buskets (19), Pike (74).

Granada: Fernandes, Baben, Lomban, Lopesh, Koshta, Dukure, Peres, Riko, Penyaranda, El-Arabi, Rochina (Kuena, 46).

Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Dani Alves, Buskets, Rakitich, Maskerano, Inesta, Neymar, Messi, Suares.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA