Shohruhxonning to`yi sanasi ma`lum bo`ldi (Eksklyuziv)

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: To`y, Shohruhxon
Добавлено: 16.05.2016, 10:33

Xonanda Shohruhxon OAVga bergan intervyularida joriy yilda bo`ydoqlik bilan xayrlashishini tez-tez takrorlab kelayotgan edi. Vanihoyat uning to`yi sanasi ma`lum bo`ldi. 

Shohruhxonning to`yi 5 iyun sanasida Toshkent shahridagi restoranlardan birida bo`lib o`tadi. Mazkur xabarni bizga to`yga taklif etilgan taniqli guruh vakillaridan biri etkazdi. 

Hozircha kelinning kimligi sir tutilmoqda. 

Eslatib o`tamiz, avvalroq Shohruhxon va Asal Shodieva Instagram`ga joylagan suratlaridan ularning “Love story” uchun fotosessiya o`tkazgani taxmin qilingani haqida xabar bergan edik.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии