Tramp Obamani AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atadi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 17.05.2016, 11:40

Respublikachilar partiyasi tomonidan AQSh prezidentligiga nomzodini qo`ygan Donald Tramp Amerika Qo`shma Shtatlari prezidenti Barak Obamani o`ziga qarshi aytilgan asossiz gaplari uchun mamlakat tarixidagi eng yomon prezident deb atadi

Milliarder o`zining tvitter sahifasida shunday deb yozgan: “Siyosatda ham, hayotda ham nodonlik, jaholat yaxshi fazilat, yaxshi xislat emas. Aynan shu narsa Obamani AQSh tarixidagi eng yomon prezidentga aylantirdi.”

Ilgari Barak Obama Donald Trampga qarshi fikr bildirib, uni Amerika qadriyatlariga xiyonat qilganlikda ayblagan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии