Ayshvariya Ray Kann kinofestivaliga noodatiy ko`rinishda tashrif buyurdi (Foto)

Бўлимлар: Lady
Теглар:
Добавлено: 17.05.2016, 12:05

Hind aktrisasi Ayshvariya Rayning ko`p sonlik muxlislari uning ayollarga xos nazokatli va nafosatli obraziga o`rganib qolishgan. Ammo yaqinda o`tkazilgan Kann kinofestivalida Bollivud yulduzi o`ziga yarashmagan qiyofada namoyon bo`ldi, deb xabar berdi “Elle.ru” nashri.

Ayshvariya Ray livanlik dizayner Rami Kadi ijodiga mansub bo`lgan, nafis gullar qadalgan nafis ko`ylakda, labiga esa och-binafsharang lab bo`yog`i surtgan holda Kann kinofestivali qizil yo`lakchasida paydo bo`ldi. Shu paytgacha o`z pardozida sipolikka, tabiiylikka e`tibor berib kelgan 42 yoshli aktrisa o`zining bu qiyofasi bilan muxlislarini hayratga soldi.

Stilistlar mashhur yulduzning sochini oddiygina qilib, orqaga yig`ishtirib, ko`zlariga qo`shimcha ifoda berish maqsadida qovog`iga to`q-jigarrang bo`yoq surtishgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

29.06.2017, 14:11
28.06.2017, 15:27