Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zMU rektori O`zbek tili va adabiyoti universiteti rektori etib tayinlandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 17.05.2016, 16:11

Shuhrat Sirojiddinov yangi tashkil etilgan Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti rektori etib tayinlandi, deb yozadi “Gazeta.uz” nashri.

Mirzo Ulug`bek nomli O`zbekiston davlat milliy universiteti rektori, professor, filologiya fanlari doktori Shuhrat Sirojiddinov yangi tashkil etilgan Alisher Navoiy nomli Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti rektori etib tayinlandi. Yangi oliy o`quv yurti Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan 2016 yil 13 may kuni tashkil topdi. 

Shuhrat Sirojiddinov (1961 yilda tug`ilgan) O`zMU ga 2015 yilning iyun oyidan beri rahbarlik qilib kelmoqda. 2014 yilda u universitet o`quv ishlari prorektori, 2012-2014 yillarda esa Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, 2005-2012 yillarda esa O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida birinchi prorektor vazifalarida ishlagan. Shuhrat Sirojiddinov 1984 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zMUning) sharqshunoslik fakultetini tugatgan.   

O`zMUning saytida, Shuhrat Sirojiddinov matnshunoslik va adabiyotshunoslik sohalaridagi yirik olimlardan biri hisoblanishi aytib o`tilgan. O`zbek klassik adabiyoti, tarjima nazariyalari bo`yicha fundamental ilmiy ishlari mavjud. U 140 dan ortiq ilmiy maqolalar, 16 monografiya va o`quv qo`llanmalar muallifidir. 

Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti O`zMU o`zbek filologiyasi fakulteti, Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti o`zbek tili va adabiyoti fakulteti va fanlar akademiyasiga qoshidagi Alisher Navoiy nomli til va adabiyot instituti bazasida tashkil etiladi. 2016- 2017 yillarda Universitet ilk talabalarni o`qishga qabul qiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes