Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Shvarsenegger o`g`lining bitiruv kechasiga sobiq rafiqasi bilan birga tashrif buyurdi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 17.05.2016, 16:49

Gollivud aktyori va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger o`g`lining bitiruv kechasiga sobiq rafiqasi Mariya Shrayver bilan birga tashrif buyurdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Uning o`g`li Patrik Shvarsenegger Janubiy Kaliforniya Universitetini tugatdi. 22 yoshli bitiruvchini qo`llab-quvvatlash uchun ota-onasi ajrashib ketganiga qaramay, birga kelishgan. Tadbir tugagandan keyin ular oilaviy suratga tushishgan. 

“Men ota-onamsiz hech kimman, ularni chin yuragimdan yaxshi ko`raman va behad minnatdorman”, – deb Patrik suratga instragram sahifasida izoh qoldirgan.

68 yoshli Shvarsenegger haqiqiy erkakka aylangan o`g`lidan faxrlanishini aytib o`tgan.

Arnold Shvarsenegger va Mariya Shrayverning to`rt farzandi bor. Ular 2011 yilda Shvarseneggerning noqonuniy farzandi borligi ma`lum bo`lgach,  ajrashib ketishgan. Ammo ajrashuv jarayoni haligacha nihoyasiga etmagan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

SUG'DIYONA