Petr Chex "Oltin qo`lqop" sohibi bo`ldi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:
Добавлено: 18.05.2016, 11:03

Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni Petr Chex APLning joriy mavsumida 16 ta "quruq" o`yin o`tkazib, eng kam gol o`tkazgan darvozabonlarga beriladigan "Oltin qo`lqop" mukofotini qo`lga kiritdi.  

"MYu" darvozaboni David De Xea ham mazkur sovringa da`vogarlik qilgandi. Biroq, so`nggi turda "Bornmut"ga qarshi (3:1) uchrashuvning so`nggi daqiqasida Kris Smolling avtogol muallifi bo`ldi va isapniyalik posbonning "quruq" seriyali o`yinlari soni 15 taligicha qolib ketdi. 

Chexiyalik darvozabon faoliyatida to`rtinchi "Oltin qo`lqop" sovriniga ega bo`ldi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08