Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Futzal. JCh-2016 qur`asida O`zbekiston termasi 4-savatchadan joy oldi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 19.05.2016, 15:53

Ertaga Toshkent vaqti bilan 04:00da 2016 yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada bo`lib o`tadigan futzal bo`yicha Jahon chempionatiga qur`a tashlash marosimi tashkillashtiriladi, deb xabar bermoqda O`FA rasmiy sayti. 

O`zbekiston terma jamoasi qur`ada Kuba, Mozambik, Qozog`iston, Ozarbayjon hamda Vetnam terma jamoalari bilan birga 4-savatchadan o`rin oladi. Quyida barcha savatchalarni keltirib o`tamiz:

1-savatcha
Kolumbiya
Braziliya
Ispaniya
Italiya
Argentina
Rossiya

2-savatcha
Eron
Ukraina
Portugaliya
Paragvay
Misr
Kosta Rika

3-savatcha
Solomon Orollari
Tailand
Marokash
Panama
Gvatemala
Avstraliya

4-savatcha
Kuba
Mozambik
Qozog`iston
Ozarbayjon
O`zbekiston
Vetnam

Jamoalar 6 guruhga bo`lingan holda g`oliblik uchun kurashga kirishishadi. Har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o`rin egalari, shuningdek eng yaxshi natija qayd etgan 4ta uchinchi o`rin sohiblari  nimchorak finalga yo`l oladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25