Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Rayhonning Instagram`dagi surati muxlislar tanqidiga uchradi(Foto)

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Rayhon G`anieva, Instagram

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon o`zining Instagram`dagi sahifasiga joylashtirgan navbatdagi surati internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Mazkur suratni deb hatto xonandaning muxlislari bir-birlari bilan urishib ketishdi.  

Suratga Rayhon sport mashg`ulotlari paytida tushgani ko`rinib turibdi. Uning egnidagi qora rangli engsiz futbolka aksariyat internet foydalanuvchilarga o`ta “ochiq-sochiq” tuyuldi. 

“Ustingizga narsa tashlab oling”, “Judayam ‘ochilib’ ketibsiz” qabilidagi izohlarni xonanda javobsiz qoldirdi.

Rayhonning ashaddiy muxlislari esa bunday salbiy fikrlardan sevimli xonandasini himoya qilish bilan ovora. Fikrlar qarama-qarshiligi internet foydalanuvchilarini ikki guruhga ajratib yubordi. Kimdir xonandaning kiyimini tanqid qilsa, yana bir guruh foydalanuvchilar uning kiyimida tanqidlarga sabab bo`ladigan jihatlarni ko`rmayotganini bildirgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram