Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Ozodbek Nazarbekov: “Demokratiya — ishtonni echib sahnaga chiqish, degani emas”

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 22.05.2016, 17:39

O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ba`zi estrada xonandalarining sahnaga ochiq-sochiq kiyinib chiqishiga munosabat bildirib, bu kabi holatlar oldini qanday olish mumkinligi haqida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. Bu haqda “Sayyod.com”ga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

«San`atkorlarning ochiq-sochiqligi va yalang`ochlashib ketayotganiga faqat ma`rifat bilan kurashish kerak, boshqa yo`li yo`q. Zo`rlik bilan taqiqlab bo`lmaydi. Taqiqlasa ham, to`g`ri tushunmayotgan holatlar, ‘Demokratik davlatda yashayotgandik-ku’ qabilidagi e`tirozli vaziyatlar bo`lyapti», — dedi Ozodbek Nazarbekov.

«To`g`ri, lekin demokratiya ekan deb, o`z singlingni qo`shningni singlisiga erga bermaysan-ku, chek-chegara bo`lishi kerak-ku. Demokratiya ham mentalitetdan kelib chiqqan holda, qadriyatlarni saqlagan holatda bo`lishi kerak. Demokratiya — ishtoningni echib, sahnaga chiqaver, degani emas», — dedi xonanda.

«Har millatning o`z rangi, dunyoqarashi, tushunchalari va talablari bor. Qadriyatlarisiz millat o`zini yo`qotadi. Agar tarallabedodlik qilishga qo`yib berilsa, butun boshli millat o`z rangini, o`zini yo`qotishi mumkin», — deya qo`shimcha qildi O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA