Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

BAAda erining xiyonatini fosh etgan ayolni mamlakatdan deport qilishmoqchi

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар: Sud, Ayol, Er-xotin
Добавлено: 23.05.2016, 11:41

Birlashgan arab amirliklarida yashovchi ayol turmush o`rtog`ining telefonini tekshirgani uchun katta miqdorda jarima to`laydi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Ayol turmush o`rtog`ining telefonidagi kirish-chiqish qo`ng`iroqlari va WhatsApp messenjeridagi yozishmalarni tekshirganidan so`ng, erini xiyonat qilayotganlikda aybladi. Bunga javoban esa ayolning eri sudga murojaat qilib, xotinini qilgan ishi uchun jinoiy javobgarlikka tortishni so`ragan. Endilikda ayol mamlakat hududidan deport qilinishi ham mumkin.  

Ayol erining telefonidagi yozishmalar va kirish-chiqish qo`ng`iroqlari haqidagi ma`lumotning o`zi bilangina cheklanmadi. U erining mashuqasi jo`natgan suratlarni ham ashyoviy dalil sifatida saqlab qo`ygan edi. Ayol BAA fuqarosi bo`lmagani uchun erkak uning ustidan sudga arz qildi. Natijada ayolni telefon egasining ruxsatisiz uning telefonidagi surat va boshqa ma`lumotlarni olgani uchun 28 ming evro miqdoridagi jarimaga tortishdi. 

Mamlakat qonunlariga ko`ra, bunday turdagi qonunbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan olti oydan boshlab qamoq jazosi qo`llaniladi. Biroq sud qonunbuzar ayolni mamlakatdan deport qilish masalasini ko`rib chiqmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes