Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Armanistonlik fubolchi Bundesligada eng yaxshisi bo`ldi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol
Добавлено: 25.05.2016, 10:59

Germaniya chempionatida to`p surayotgan futbolchilar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomaga ko`ra, “Borussiya” D klubi xavbeki Genrix Mxitaryan 2015/16 yilgi mavsum yakunlariga ko`ra Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

So`rovnomada ishtirok etgan 235 nafar futbolchilarning 31,1 % armanistonlik futbolchini qo`llab-quvvatlagan. Ikkinchi o`ringa “Bavariya” hujumchisi Roberto Levandovski loyiq bo`ldi. Uni 21,1 % respondentlar qo`lladi. Uchinchi o`rin 13,6 % bilan Tomas Myullerga nasib qildi.  

Ta`kidlash kerakki, yakuniga etgan mavsumda Genrix Mxitaryan Bundesligasning 31 uchrashuvida maydonga tushib, 11 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA