Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Ravshan Sobirov bitiruvchi o`g`li uchun “Hayr maktabim”ni kuylab berdi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Xonanda

Mana 15 yildan ortiq “Setora” guruhi va xonanda Ravshan Sobirov ijrosidagi “Hayr maktabim” taronasi barcha maktablarning “So`nggi qo`ng`irog`i”da yangrab kelmoqda.

Bugun 25 may kuni barcha maktablarda so`nggi qo`ng`iroq sadolari yangradi. Poytaxtimiz maktablaridan birida barcha maktab bitiruvchilarining madhiyasiga aylanib qolgan “Hayr maktabim” taronasi shaxsan uning ijrochilari tomonidan kuylandi. Ushbu hodisa Ravshan Sobirovning o`g`li bitirayotgan maktabda bo`lib o`tdi. Unda shaxsan xonandalarning o`zlari ishtirok etib, barcha bitiruvchilar uchun “Hayr maktabim”ni ijro etishdi.

Eslatib o`tamiz, 17 may kuni Ravshan Sobirov va Leyli mazkur taronani duet tarzida qayta kuylashgandi.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии