Alyaskada qamoqdan qochib ketgan jinoyatchi yana qaytib keldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Jazo, Jinoyat
Добавлено: 25.05.2016, 15:38

Alyaskada ijtimoiy moslashuv reabilitasiya markazi mahbusi Joshua Yaska qamoqdan qochib ketdi, biroq ko`p o`tmay qolgan mahbuslarni ham qutqarish uchun qaytib keldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Nashrning yozishicha, 20 yoshli mahbus Yaska birinchi marta velosipedda qochib ketgan. Oradan uch soat o`tganidan so`ng u boshqa mahbuslarni qutqarish uchun qaytib keldi. Yaska reabilitasiya markazi hududiga yuk tashuvchi mashinada kirmoqchi bo`ldi. So`ng rejasi amalga oshmagan jinoyatchi yana qochib ketdi.  

“Ayni paytda Yaskaning qaerda ekanligi noma`lum”, — deyiladi xabarda. 

Qochoq mahbus hozirda polisiya tomonidan qidirilmoqda.


 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии