Asal Shodieva Dilnoza Kubaevaga tahdid qildi

Бўлимлар: Shou-biznes
Добавлено: 25.05.2016, 17:04

Aktrisa Asal Shodievaning Instagram`dagi sahifasi buzib kirildi. Bu haqda mazkur ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bo`lmish boshqa san`atkorlar xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, aktrisaning nomidan uning boshqa hamkasblariga xabarlar yo`llanmoqda va shubhali havolalarga kirish so`ralmoqda. 

Aktrisa Dilnoza Kubaevaning nomidan uning muxlislari tomonidan yuritiladigan sahifaga ham Asal Shodieva xat “jo`natdi”. 

Unda xakerlar Asal Shodievaning nomidan Dilnoza Kubaeva nomi bilan yuritilayotgan sahifani buzib kirish bilan tahdid qilgan. 

Ma`lumot uchun, aktrisa Dilnoza Kubaeva ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini bir necha marotaba ta`kidlab o`tgan.


 

>
Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии