Rossiya harbiy kosmik kuchlari Suriyadagi “Islom davlati” terrorchilik guruhining noqonuniy neft ob`ektlarini yo`q qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Rossiya
Добавлено: 01.06.2016, 10:22

Rossiya harbiy kosmik kuchlari “Islom davlati” terrorchilik guruhining Suriyaning Et-Taur shahrida joylashgan noqonuniy ravishda neftni qayta ishlash ob`ektlarini yo`q qildi, deb xabar berdi “Vesti” nashri.

Bu ob`ekt terrorchilik guruhining markazi hisoblanmish Rakkadan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan. Harbiy qo`mondonlik bergan ma`lumotga ko`ra, noqonuniy ob`ektni yo`q qilish uchun Su-34 bombardimonchi havo kuchidan zarba berilgan. Barcha o`q-dorilar nishonga borib tekkan. Hujum natijasi ob`ektiv nazorat orqali qayd etilgan. 

Joriy yil boshidan beri Rossiya aviasiyasi Suriyada 200 dan ortiq noqonuniy neft ishlab chiqaruvchi ob`ektlarni hamda Turkiyaga kontrabanda yo`li orqali yuboriladigan ikki mingdan ortiq xom ashyo vositalarini yo`q qilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии