Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Viktoriya Bekxem beshinchi marta ona bo`ladi?!

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 01.06.2016, 10:48

O`tgan yili turmush o`rtog`i David Bekxem bilan dizayner Viktoriya Bekxem bir ovozdan to`rt farzand bilan cheklanishlarini ma`lum qilgan edi. Ammo ular o`z fikrlaridan qaytgan ko`rinadi deb xabar beradi “Lady.ru” nashri. 

Devidda kenja farzandi Xarper tug`ilgandan keyin yana bir farzandli bo`lish istagi tug`ilgan edi. Endi uning orzusi ro`yobga chiqadigan ko`rinadi. 

42 yoshli Viktoriyaning dugonasi bu xabarni tasdiqladi. Hozirda Viktoriya organizmini foliy kislotasi bilan ta`minlash uchun ismaloq, brokkoli va vitaminga boy sabzavotlarni iste`mol qilishga kirishgan. Viktoriya kenja farzandi Xarperga homiladorlik vaqtida ultratovush tekshiruvidan o`tganda, vrachlar unga o`g`il farzand ko`rishini bashorat qilishgandi, ammo shiringina qizaloqning dunyoga kelishi ularning oilasida haqiqiy bayramga aylangandi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA