Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

“Turkiya go`zali” mamlakat prezidenti Erdo`g`onni haqorat qilganlikda ayblandi

Бўлимлар: Lady
Теглар:

Sobiq, 2006 yilda “Turkiya go`zali” maqomiga ega bo`lgan Merve Buyuksarach (Merve Büyüksaraç) mamlakat prezidenti Rajab Toyip Erdo`g`onni omma oldida haqorat qilganlikda ayblandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Sud 27 yoshli go`zalni shartli ravishda 14 oyga ozodlikdan mahrum etdi. Agar Buyuksarach yana davlat rahbarini haqorat qiladigan bo`lsa, jazo muddati haqiqiy ravishda o`taladi.

Buyuksarachning jazolanishiga uning Instagram sahifasiga 2014 yilda Erdo`g`on prezidentligi davrida Uykusuz  satirik jurnalida e`lon qilingan “Dohiy poemasi” nomli davlat gimniga yozilgan parodiyani joylashtirgani sabab bo`lgan. Keyinchalik do`stlaridan birining buning oxiri yomonlik bilan tugashi mumkinligi haqidagi ogohlantirishi tufayli parodiyani ijtimoiy tarmoqdan olib tashlagan.

So`nggi paytlarda Turkiyada kurdlar masalasini ijobiy hal qilish tarafdori bo`lgan jamoat arboblari, olimlar, oppozision nashr jurnalistlari ham jazoga tortilgan. Joriy yilning aprel oyiga kelib, Turkiya oppozision OAV larining 400 nafar xodimi ishsiz qolgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии